“Sun’iy intellekt bizni ishsiz qoldirmaydi, lekin…” – AQShdagi o‘zbek tadqiqotchisi bilan suhbat

Sun’iy intellekt – odamlarning ishini yengillashtiradi, bir qator kasblar o‘rniga yangilari paydo bo‘ladi, lekin u tobora aqlli bo‘lib borishi bilan, vaqti kelib tahdidga aylanishi mumkinligini ham istisno qilib bo‘lmaydi, deydi Texas universitetida sun’iy intellekt bo‘yicha doktoranturada o‘qiyotgan Anvar Zohidov.

Sun’iy intellekt – bugunning eng qudratli vositasi. Va bu vosita ustida ilmiy ish olib borayotganlar orasida bir o‘zbekistonlik ham bor. Anvar Zohidov – yosh olim, AQShning Dallas okrugidagi Texas universitetida sun’iy intellekt bo‘yicha PhD talabasi va shu yo‘nalishda talabalarga dars beradi.

Anvar Toshkent axborot texnologiyalari universitetini tugatgach, Fransiya hukumati grantini yutib, Nitssadagi Côte d’Azur universitetida magistratura bosqichini tamomlagan. U yerda alsgeymer kasalligiga oid ilmiy tadqiqotda qatnashib, sun’iy intellekt yordamida ish jarayonini 80 foizga tezlashtirishga muvaffaq bo‘lgan.

Yosh mutaxassis Kun.uz bilan suhbatda o‘z karerasi, zamonaviy ilm-fanning eng old chizig‘ida nima bo‘layotgani, sun’iy intellekt insoniyat hayotini qanday o‘zgartirishi mumkinligi haqida gapirib berdi.

Scroll to Top