Farg‘ona shahrida xalqaro ekomarafon bo‘lib o‘tdi

278

Farg‘ona shahrida “Yangi nafas” dasturi doirasida “Save Aral” xalqaro ekomarafoni sport musoqabasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Marafonda yugurish sport turiga qiziqqan qariyb to‘rt mingga yaqin yosh hamda aholi vakillari ishtirok etdi.

Mazkur musobaqa Al-Farg‘oniy ko‘chasidan boshlanib, Islom Karimov nomidagi teatr va konsert saroyi xiyobonida yakuniga yetdi.

2003-2004 yillarda tug‘ilgan o‘g‘il bolalar o‘rtasida Nasimjon To‘ychiyev, qizlar o‘rtasida esa Arofat Imomaliyeva birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. “Eng yosh qatnashchi” nominatsiyasida Mohlaroy Usmonova, “Mutlaq ayol” nominatsiyasi bo‘yicha Mohina Komilova, “Mutlaq o‘g‘il bolalar” nominatsiyasida Nurmuhammad Qosimov g‘olib bo‘ldi. Shuningdek, boshqa nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlandi.