Murg’ak qalb sohiblari – e’tibor va e’zozda!

457

Hadislardan birida “Savob ishni har kim, har kun qilishi kerak” deyilgan. Darhaqiqat, ezgulik inson umrini bezaguvchi amallardan biri sanalib, yaxshilik doim oʻzi bilan mehr va muhabbatni ergashtirib yuradi.

O’zbekiston yoshlar ittifoqi Farg’ona tuman Kengashi, bir qator nogironligi bo’lgan yoshlar uchun xayriya konserti uyushtirildi. Konsert davomida Farg’onalik bir guruh estrada xonandalari ijrosida kuy va qoʻshiqlar tinglandi.

Shu kuni eʼtibor va gʻamxoʻrlikdan xursand boʻlib, honandalarning qoʻshiqlaridan ruhlangan 13 yoshli Mahliyoning koʻzlarida minnatdorlik uchquni porlaganini his etish mumkin edi. Mahliyoda yashashga intilish va kasallikni yengib oʻtishiga boʻlgan ishonchi ortdi. “Men baxtliman. Rahmat sizlarga!” Mahliyo ana shu soʻzlarni aytib, barchaga oʻz minnatdorchiligini bildirdi.

-Qizim tabassum qilgan kun – mening eng yaxshi kunim, – deydi, Mahliyoning otasi Nodirbek Abdullayev. –

Sanatkorlarning tashrifidan nafaqat qizim, balki qishlogʻimiz yoshlari ham xursand boʻlishdi. Bizga maʼnaviy yordam koʻrsatayotgan insonlarimizga ming bor tashakkur.