Farg‘ona vodiysidagi yoshlar ijtimoiy uyg‘unlik uchun

667

Farg‘ona vodiysi nodavlat notijorat tashkilotlari xodimlari media savodxonligini oshirish maqsadida YUNESCOning “Farg‘ona vodiysidagi yoshlar ijtimoiy uyg‘unlik uchun” loyihasi doirasida “Ommaviy axborot vositalari va axborot savodxonligi. Biz media olamidamiz” mavzusi bo‘yicha o‘quv-seminari boshlandi.

Kunning asosiy qismida axborot xizmatlari sifatini oshirish, yolg‘on axborotlardan saqlanish, sifatli kantentlar yaratish hamda maqsadli auditoriya bilan ishlash bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, interaktiv o‘yinlar yordamida nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati bilan tanishilib, hamkorlida ishlash natijasida samaradorlikni oshirish kelishib olindi.