Abdulaziz Komilov Markaziy Osiyo mamlakatlariga amaliy tashrif bilan boradi

275

2021-yilning 16−18-fevral kunlari O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Tojikiston, Turkmaniston va Qozog‘istonga amaliy tashrif bilan boradi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, tashrif mobaynida uchta mamlakatning tashqi siyosiy mahkamalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

“Muzokaralar chog‘ida mintaqaviy hamkorlikning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari, shuningdek, Markaziy Osiyoning global iqtisodiy jarayonlar va transport yo‘laklariga integratsiyasi masalalari muhokama qilinishi ko‘zda tutilgan”, — deyiladi xabarda.