«Balandparvoz gaplar bilan hisobot berasizlar. Qanday vijdon bilan lavozimda o‘tiribsizlar?!»

658

Prezident Namangan shahrining Bunyodkor mahallasini borib ko‘rdi.

Ichimlik suvi yo‘qligi, ichki yo‘llar yomonligi, atrof obodonlashtirilmagani uchun davlat rahbari Namangan shahar hokimi va ushbu mahallaga mas’ul sektor rahbari bo‘lgan shahar prokuroriga, mahalla raisiga tanbeh berdi.

— Balandparvoz gaplar bilan hisobot berasizlar. Qanday vijdon bilan lavozimda o‘tiribsizlar?! Bu mahallada 12 ming odam yashaydi. Ahvolni qaranglar, bu sizning yuzingiz,— dedi davlat rahbari.

Mahalla ahli bilan muloqot qilib, Shavkat Mirziyoyev bu yerdagi ahvolni yaxshilash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.