Kasilyas zamonamizning eng yaxshi 3 darvozabonini aytdi

326

“Real” klubi sobiq darvozaboni Iker Kasilyas ayni paytda jahonning eng kuchli 3 nafar posboni kim ekanini aytdi.

“O‘ylashimcha, ter Shtegen va Oblak o‘z klublari uchun muhim o‘yinchilar hisoblanadi. Kurtua esa o‘zidan kutilgan o‘yinni namoyish eta boshladi. Men ularni boshqa darvozabonlardan yuqoriga qo‘ygan bo‘lardim”, – dedi Kasilyas “Marca” nashriga bergan intervyusida.