Olis Yaypan hududidan jonli efirga chiqqan “Futbol tv” telekanali bu safar shahar markazidan efir qilishni istamadi!

423

Pro liganing birinchi to‘rtlikdagi jamoalari Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun kurashni davom ettirmoqdalar. Bugun Farg’ona shahridagi “Istiqlol” o‘yingohida bo‘lib o‘tgan uchrashuv buni yaqqol isbotladi Viloyatimizning yana bir vakili “Neftchi” jamoasi g’uzorning “Sho’rtan” klubi ustida o‘z maydonida g‘alabaga erishdi.

Uchrashuvning asosiy qizmi durang natija bilan tugagan bo‘lsa, qo’shib berilgan qo’shimcha daqiqalarda farg‘onaliklarning hujumlari yanada shiddatli tus oldi. Hujumchimiz Dostonbek Toshmatov uchrashuvga qo’shib berilgan 4 daqiqa ichida mehmonlar darvozasini ishg‘ol etgan to‘pi o‘yin taqdirini hal qildi.

Bu g‘alaba jamoaning Super liga yo’llanmasi uchun bosgan ishonchli qadamalaridan biri bo’ldi.