Yangi O’zbekiston – yangicha dunyoqarash

360

O’zbekiston Yoshlar Ittifoqi Farg’ona viloyat Kengashi tomonidan Farg’ona shahar I.Karimov nomidagi Teatr konsert saroyida Yangi “O’zbekiston-Yangicha Dunyoqarash” g’oyasi bilan 17 noyabr xalqaro talabalar kuniga bag’ishlangan tantanali bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda viloyat xududidagi Oliy ta’lim talabalari taklif etildi.
Tadbirni viloyat Kengashi raisi R.Mamajonova ochib berdi hamda talabalarga o’zining ezgu tilaklarini bildirdi.

Shuningdek, Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan talaba yoshlarni Farg’ona viloyat hokimi o’rinbosari F. Qosimov, Toshkent davlat yurdika universiteti rektori R.Xakimov, Professor M, Baratov, Oliy majlis sen’at raisi E.Siddiqova O’zbekiston xalq artisti M. Yo’lchiyeva Farg’onalik yosh talabalarni bayram bilan muborakbod etdilar.

Mazkur tadbirda Farg’ona viloyat hududidagi Oliy ta’lim muasassa talabalari orasidan tashabbuskorligi bilan tengdoshlariga o’rnak bo’lib kelayotgan bir guruh talabalar O’zbekiston Yoshlar Ittifoqi Farg’ona viloyat Kengashi raisining Faxriy yorliqlari va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

O’zbekiston yoshlar ittifoqi Farg’ona viloyat Kengashi tomonidan “17-noyabr Xalqaro talabalar kuni”ga bag’ishlangan tadbir ko’tarinki ruxda bo’lib o’tdi.
Taniqli xonandalar tomonidan “Vatan” nomini madx etuvchi kuy-qo’shiqlar, “Talabalik” davrining oltin navolari tadbirga o’zgacha kayfiyat ulashdi.