“Obod ta’lim” markazi

51

Obod mahallasi aholisining 1113 nafari 30 yoshgacha bo‘lgan fuqarolardir. Yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, jamiyatda munosib o‘rinni egallashi, farovon turmush kechirishi uchun sharoit yaratish yo‘lida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Obod ta’lim markazida rus va ingliz tillari, kompyuter savodxonligi, grafik dizaynerlik to‘garaklari tashkil etilmoqda.  Jami 4 turdagi to‘garaklarning har bir guruhiga 12 nafardan yosh qamrab olinishi rejalashtirilgan

Markaz yoshlarning tashabbus va g‘oyalarini birlashtirish, yangi loyihalar tayyorlash, yigit-qizlarni kasbga o‘rgatish, o‘zaro muhokamalar maydoni yaratish, turli sohalarda mahorat darslarini o‘tish uchun sevimli maskanga aylanishiga ishonch bildirilmoqda.

Ilm bilan el Obod!