Buloqboshida tadbirkor 15 ming bosh parrandani go‘shtga topshirishga tayyorlamoqda

306

Buloqboshi tumani hokimi O‘tkirbek Mamurov “Raish” MFY hududida “Lazzat halol jo‘jalari” MChJ tomonidan tashkil etilgan parrandachilik kompleksida bo‘ldi.

Kompleks rahbari Abdullo Ibragimov o‘z hisobidan 1 mlrd so‘m mablag‘ sarflagan holda 15 ming bosh parranda olib kelib, parvarish qilmoqda. Ushbu “broyler” jo‘jalar belgilangan ratsion asosida parvarishlash natijasida go‘shtga topshirishga tayyor holatga kelmoqda.

Tuman hokimi MChJ faoliyati bilan tanishish jarayonida tadbirkorga o‘z faoliyatini kengaytirish, parranda jon boshini yanada ko‘paytirish bo‘yicha taklif va muammolar yechimini topishda yordam berishini ta’kidlab o‘tdi.