Yaxshiki, kunduzi tabiiy yorug‘lik bor ekan. Shundan qisishmaganiga shukr qilib o‘tiribmiz!

295

#Qo‘shtepa. Energetika vaziri o‘rinbosarining gaplariga javobim: katta kuchlanish tufayli transformatorlar dosh bera olmayaptimi? Qarang-a! O‘tgan yili saylovda “g‘iq etmagan” o‘sha palakat transformatorlar saylovdan keyin asl holatini ko‘rsatibdi-da. Aslida bu azaliy muammo-ku. Shu qish kelganda kuchlanish yuqori, talab yuqori demasdan yoz bo‘yi nima qildinglar, rahbarlar?! Qand yedilaringmi? Qishloqqa kelib, oilangiz bilan bir kun yashab ko‘ringlar.

Chaqalog‘imiz bilan kechasi qorong‘ida qiynalyapmiz. Yaxshiki, kunduzi Alloh bergan yorug‘lik bor ekan, shundan qisishmaganiga shukr qilib o‘tiribmiz! “Kichik Beshkapa” MFY dan.

#Beshariq. Hozirgi paytda “svet” juda ham ko‘p o‘chmoqda. Gaz kelmay qo‘yganiga 10 yildan oshdi. Bunga sabab nimada? Yosh bolalimiz. “Svet” va gazsiz juda ham qiyin bo‘lyapti. Bizdan oldingi qishloqda gaz bor. Ya’ni yonyapti. Tuman elektr tarmog‘iga shikoyat qilishning iloji yo‘q. Chunki doim band bo‘ladi. (go‘shakni band holatga o‘tkazib qo‘yishadi). Tuman gaz ta’minoti gaz bermaganiga yarasha gaz ballonlarni vaqtida almashtirgani kelmaydi. Yana bir savol: Nega aynan qishloqlarda “svet” ko‘p o‘chadi? Shaharda esa deyarli o‘chmaydi. O‘sha shahardagi ishlab chiqarish, zavod, fabrikalar tumanlarda ham bor. Beshariq tumani, Tadbirkorlar ko‘chasidan.

#Quva. Gaz va “svet” muammosi 2050 yilgacha hal bo‘lib qolarmikan? Biznes boshlamoqchiman! Quva tumani, Katta qishloqdan.