Ingliz tili bilimdonlariga 7,2 mln so‘m taqsimlab berildi

344

Andijon viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan 20 fevral kuni Asaka tumanidagi 6-umumta’lim maktabida ingliz tili yo‘nalishida professor Sotvoldi Rahimov nomidagi viloyat fan olimpiadasi o‘tkazildi.

Sovrin jamg‘armasi 7,2 mln so‘mni tashkil etgan mazkur olimpiadada o‘quvchilar 3 yosh toifasida o‘zaro bellashdilar. G‘oliblikni qo‘lga kiritgan yoshlar pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Shuningdek, fan olimpiadasiga marhum professor Sotvoldi Rahimovning oila a’zolari taklif etildi va ularga alohida hurmat ko‘rsatildi.