Qarzdor N.X. hisobidan undiruvchi G.B. foydasiga voyaga yetmagan bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan. Lekin N.X. qasddan bo‘yin tovlab kelishi natijasida 9 mln 907 ming so‘m alimentdan qarzdorlik yig‘ilgan.
B.U. esa voyaga yetmagan uch nafar farzandini moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlab, undiruvchilar M.A.ga 4 mln 428 ming so‘m, M.T.ga 1 mln 354 ming so‘m miqdordagi aliment pullarini to‘lamagan.
Shuningdek, S.Ya. voyaga yetmagan ikki nafar farzandini moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlab, jami 9 mln 558 ming so‘m miqdordagi aliment pullarini to‘lamasdan kelgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Jalaquduq tuman sudining qaroriga asosan 6 nafar mas’uliyatsiz ota javobgarlikka tortilib, sud qarori bilan ularga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.