Andijonda korrupsiyaga sabab bo‘luvchi omillar o‘rganilmoqda

436

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi vakillari viloyatdagi jinoyatchilik eng ko‘p sodir etilayotgan Andijon shahri, Asaka va Andijon tumanlarida ichki ishlar organlari faoliyatini o‘rgandi, profilaktika inspektorlari hamda aholi bilan uchrashdi. (https://t.me/antikor_uzb/207?single)

Jumladan, Andijon shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 1- va 6-sonli ichki ishlar bo‘limida, viloyat IIB YHXB, Andijon shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 1-sonli IIB ichki migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlarida korrupsiyaga sabab bo‘luvchi omillar o‘rganildi.

Joylarda ichki migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi faoliyatida inson omili darajasi yuqori ekani, sohada hamon ma’lum to‘siqlar mavjudligi aniqlandi.