O‘zbekiston tumani hokimi Qahramonjon Jo‘rayev tuman yoshlari bilan uchrashdi

346

O‘zbekiston tumanida “Tumanda yoshlar ta’lim-tarbiyasi, ularning orzu-umidlari hamda muammolari” mavzusida hokim va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda yoshlar bilan birgalikda ularning ota-onalari, ustozlar hamda tashkilot, muassasa va korxonalar rahbarlari ishtirok etdi.

Uchrashuv boshidanoq tuman rahbari Qahramonjon Jo‘rayev yoshlarni rasmiyatchilikdan xoli bo‘lib, ularni ochiq va oshkora muloqot qilishga chaqirdi.
Ochiq muloqot davomida yoshlarni qiynayotgan kamchilik va muammolar ham atroflicha muhokama qilindi.

Bevosita uchrashuv ishtirokchilari tuman hokimiga o‘z savollari bilan murojaat etishdi va yoshlar tomonidan berilgan har bir savolga javoblar berildi.

Joyida hal etish imkoni bo‘lgan og‘zaki murojaatlar qanoatlantirildi. Atroflicha o‘rganish taqozo etiladigan masalalarni hal etish yuzasidan Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi hamda vakolatli idoralarga topshiriqlar berildi.