Imkoniyati cheklangan insonlarni kuzatganmisiz?

848

Isaqjonov Dilshodbek uchun dunyo faqatgina 4 devordan iborat. Ba`zan o’zining chang bosgan ko’chalariga onasi ishtirokida chiqadi. Quyoshga uzoq tikilib turadi. Ba`zida esa oyoqlari yurolmasligini bilib shu quyoshni ham tomosha qilgisi kelmaydi. Dilshodbek 11 yoshga to’ldi. Taqdir unga eng og’ir sinovni berdi. Oyoqlari yurolmasligi va aqliy zaiflik tufayli hayotning barcha shodliklaridan bebahra qoldi.

YUrtimizda u kabi yordamga muhtoj insonlar juda ko’p. Aslida ularni yo’qlab borishning o’zi o’ksik qalblarida bayram qilishdek go’yo.

O’zbekiston yoshlar ittifoqi Farg’ona viloyat Kengashi tashabbusi bilan Dilshodbekka nogironlik aravachasi ajratildi. Aravachaga ega bo’lgan qahramonimizning xursandchiligiga biz ham sherik bo’ldik.


Shu kezda Dilshodbekdan baxtiyor odam yo’q. Uning quvonch ko’z yoshlari kishida shukronalik hissini uyg’otadi.

O’zbekiston yoshlar ittifoqi Farg’ona viloyat Kengashi raisi R.Mamajonova Dilshodbekga nogironlik aravachasini topshirdi.

Ma`lumotlarga qaraganda, bugun sayyoramizda qariyb 1 milliard nafardan ortiq nogironligi bor shaxslar hayot kechirmoqda. O’zbekistonda nogironligi bor shaxslarga nafaqa to’lanayotgani, shu bilan birga, mehnat qilishlariga zarur shart-sharoitlar yaratib berilayotgani ham insonparvarlik siyosatining bir ko’rinishi, desak, ayni haqiqat.