O’zbekiston maktablarida jinsiy tarbiya darslari o’tilishi mumkun?

699

Oramizda jinsiy tarbiya darslarini bog’chalardan, va maktablardan boshlab o’rganishga qarshi fikr bildirayotganlar ham afsuski bor ekan. To’g’ri bog’chadan bu haqida gapirishga juda ertadir.

Lekin bog’cha payti aynan jinsiy hayot haqida emas, bolalarga nisbatan tajovuz (domogatelьstva) haqida tushuntirish berish kerak deb hisoblayman.

Chunki har 10 qizning 4 nafaridan 6 nafari bolaligida pedofillar hujumiga uchrashi mumkin. Ular bu paytda qanday reaksiya bildirishni o’rganishlari kerak. «Bu haqda gapirish yomon», «Uyatsiz», degan gaplardan cho’chib buni yashirishadi. Natijada psixologik travma olinadi. Kelajakda buning ta’siri juda katta.

Aytaylik, bog’cha bolasiga “senga nisbatan unday yoki bunday harakat qilishgan bo’lsa, qo’rqmasdan aytaver” deya o’rgatish kerak. Bu haqida gapirishda “senga ayb yo’q” deb o’rgatsak, pedofillar hujumidan qancha bolalarni asrab qolgan bo’lamiz?!

Endi shu joyida o’z qarindoshlari tomonidan «insest»ga uchraganlar haqida balki indamasam ham bo’lar? O’z qarindoshlari tomonidan tajovuz (domogatelьstva) ga uchraganlar ayniqsa qo’rqishadi.

Qarindoshlik aloqalarni buzishdan, «menga ishonishmasachi» deb, viktimleming (Viktimbleming — qurbonni ayblash) holatlaridan juda qo’rqishadi. Biz shular haqida maktablarda o’rgatmasak, ularga kim qachon o’rgatadi?

Yigitlarimizga, qizlarga yo’llarda hushtak chalish, qo’li bilan ochiqchasiga aytganda «uyatli joylariga» teginish yaxshi emasligi, qizlar bundan psixologik travma olishlarini tushuntirish vaqti kelmadimikin. Qiz bola uchun ham, yigitlar uchun ham bu narsalarni o’rganishining yomon joyi yo’q nazdimizda.

Jinsiy hayot, bu hirs — bu yomon emas. Faqat uni boshqara olmaslikning oqibatlari yomonlikka olib keladi. Biz kelajak avlodga shuni o’rgatishimiz kerak.

Hirs – o’smirlik davridan shakllana boshlaydi. Bu davrda o’zini qanday tutish haqida o’rgatmasak, jimlik saqlasak, ularga yana qandayyetkazish mumkin? Hirslarni, hislarni boshqarishni «uyat» desak bu haqda gapirmasak, bu holatda nimalarga yo’l qo’yishadi?!

Har bir ota o’g’liga, har bir ona qiziga bu haqida tushuntiradimi? Albatta, yo’q! Inkor qilmaymiz, shunday ota-onalar ham bor albatta, bu bizning yutug’imiz. Shuning uchun bu haqda maktablarda qizlarga alohida, yigitlarga alohida guruh shakllantirib tushuntirish olib borsa maqsadga muvofiq bo’ladi.

Manba: Effect.uz