Farg‘onada qancha ijtimoiy ob’ektlarga gaz tortilganligi ma’lum qilindi

715

“Hududgaz Farg‘ona”ning ma’lum qilishicha, joriy yilda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida viloyatda 3,6 km gaz tarmoqlari mukammal ta’mirlangan, 8367 ta gaz taqsimlash qurilmasini (reviziya) taftish qilish yillik rejaga olingan bo‘lib, hozirgi kunda to‘liq 8367 ta (100 %) gaz taqsimlash qurilmasi taftishdan o‘tkazilgan.

Farg‘ona viloyati bo‘yicha shahar va tumanlarda jami 86 ta ijtimoiy soha ob’ektini tabiiy gaz bilan ta’minlash uchun 14,7 km gaz tarmog‘i tortildi. Shundan, Xalq ta’limi boshqarmasiga qarashli 29 ta umumta’lim maktabda 7,7 km, maktabgacha ta’lim muassasalariga qarashli 34 ta maktabgacha ta’lim muassasasida 4,1 km hamda Sog‘liqni saqlash boshqarmasiga qarashli 23 ta shifoxonada 2,9 km uzunlikdagi tabiiy gaz tarmog‘i tortilib, ushbu ijtimoiy soha ob’ektlarini bir maromda tabiiy gaz bilan ta’minlashga erishilgan.