Marg‘ilonlikmisiz? Uyingiz raqamini osib qo‘ying. Komissiya o‘rganmoqda

839

Ma’lum bo‘lishicha, Marg‘ilon shahar hokimligining geografik ob’ektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha komissiyasi tomonidan mahallalarda o‘rganish ishlari tashkil etilmoqda.

Bugungi kunda Marg‘ilon shahrida 54 ta mahalla fuqarolar yig‘ini mavjud bo‘lib, jami 671 ta ko‘chani o‘z ichiga oladi. Mazkur ko‘chalar to‘liq nomlangan bo‘lib, Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining tegishli sessiyalarida ushbu ko‘cha nomlari to‘liq tasdiqdan o‘tkazilgan.

“Lekin, bugungi kunda ayrim mahallalarda, ko‘cha nomi hamda xonadon raqamlari berilgan bo‘lishiga qaramasdan, o‘rnatilmaganligi kabi holatlar uchrab turibdi”, – deya xabar beradi shahar hokimligi matbuot xizmati.