Sardorlik maqomi yoshlarga katta ishonch va masʼuliyat yuklaydi.

809

Sardor–tengdoshlarini oʼzining ezgu gʼoyalari, loyihalari ortidan ergashtirib, ularni ijtimoiy faollikka chorlay olishi lozim. Oʼquvchilarni hayot yoʼlida adashishdan qaytarib, unga toʼgʼri yoʼl koʼrsata olsa, har jabhada hozirjavob va tashabbuskorlikka ega boʼlsagina u chinakam sardor boʼla oladi. Maktablarda tengdoshlari orasida namuna boʼlgan, yoshlarni har sohada taraqqiyot sari odimlashga undaydigan yoshlarni saralash maqsadida, Islom Karimov nomidagi Fargʼona viloyati teatr kontsert saroyida “Yangi Oʼzbekiston”- “Yangicha dunyoqarash” gʼoyasi ostida “Sardorlar saylovi” boʼlib oʼtdi

Tadbir avvalida so‘z olgan viloyat hokimining o‘rinbosari Jamshid Xatamov barcha o‘g‘il-qizlarni samimiy qutladi. Sardorlarning an’anaviy saylovi bu yil o‘zgacha kayfiyatda, “Yangi Oʼzbekiston-yangi dunyoqarash” g‘oyasi bilan uyg‘unlashgani unga o‘zgacha ma’no-mazmun bag‘ishlayotganini e’tirof etdi. Yoshlarga g‘amxo‘rlikning ifodasi sifatida bu yil viloyat hokimi tomonidan 50 million so‘m mablag‘ ajratilgani va bu mablag‘ saylovoldi tadbirlariga, yoshlarni rag‘batlantirishga sarf etilgani diqqatga sazovordir.

Shu kuni eng yaxshi tashabbuslar aks etgan loyihalar taqdimoti hech kimni befarq qoldirmadi. Tahliliy-tanqidiy fikrlar ro‘yi-rost aytildi. Ezgu tashabbuslar qo‘llab-quvvatlandi. Eng munosib nomzodlar nomi e’lon qilindi.

“Yoshlar Ittfoqi”sardori etib Erkaboyev Muhammadyusuf 
“Kamalak ” sardori etib esa Mansurjonova Shaxzoda saylandilar.

Sardorlik sharafiga erishgan yoshlarga qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi. Jumladan, bosh sardvorga notebook, qolgan sardorlarga zamonaviy telefon apparati sovg‘a qilindi.  Biz g’oliblarga kelgusi ishlarida omad tilaymiz!!!