Ehtiyojmand oilaga uy qurib berilmoqda

310

Beshariq tumani 4-sektor hududida joylashgan “O‘ttizombor” MFY Burgali qishlog‘ida yashovchi Elchiyev Xursanali xonadoni “temir daftar”ga kiritilgan oilalardan biri.

Pandemiya davrida doimiy daromadga ega bo‘lmagan mazkur xonadonga sektor tomonidan turli moddiy yordamlar ko‘rsatib kelindi. Endi esa fuqaroning murojaatiga ko‘ra, homiylar ko‘magida 3 xonali yangi uy qurish ishlari boshlab yuborildi.

Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari Shukrulloxon Nisbatxonov ushbu xonadonga tashrif buyurib, qurilish jarayoni bilan tanishdi.