Andijonda “Iste’molchilar uyi” ma’muriy kompleksi ish boshladi

288

Izboskan tumanida zamonaviy uslubda qurilgan, o‘ziga xos innovatsion yechimga ega va 6 mingdan ortiq kitoblarga ega bo‘lgan “Iste’molchilar uyi” ma’muriy kompleksi ochildi. Kompleksda tashkil etilgan “Iste’molchi kutubxonasi” fondidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va iste’molchilik sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlar, siyosiy-iqtisodiy qo‘llanmalar, ma’rifiy, badiiy, ilmiy ommabop kitoblar, respublikamizda nashr qilinadigan qiziqarli va ijtimoiy-siyosiy gazeta-jurnallar o‘rin olgan.

Ilk bora 100 ming donadan iborat elektron kitob bazasi shakllantirilib, o‘quvchi uyidan turib kitoblarga buyurtma berishi va elektron formatda arzon narxda masofadan turib xarid qilishi mumkin. Shu bilan birga zamonaviy “Book cafe” va bepul Wifi tizimi mavjud, “eReader” elektron o‘quv qurilmasi ham o‘rnatilgan.

Kompleksdan joy olgan “Iste’molchi qabulxonasi”da esa, iste’molchilarning ariza va murojaatlari qabul qilinadi.