Namangan viloyatining ayrim hududlarida suv ta’minotida uzilish bo‘ladi

276

Namangan tuman Eshobod mahallasidan o‘tuvchi Namangan – Andijon magistral yo‘lning birinchi qismida D-1000 mm.li ichimlik suvi tarmog‘ida favqulodda nosozlik yuzaga kelganligi sababli 13 noyabr kuni soat 07:00 da “Jiydakapa” inshootidan suv uzatish vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Shunga ko‘ra, Namangan shahrining Boburshoh, Marg‘ilon ko‘chalari, Zarbdor, Yangi hayot, Yangi qurilish, Yangi zamin, Yangi asr, Barkamol avlod mahallalari, Lola jahon bozori hududi, Uychi ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylar, Markaziy shifoxona, 4-oila poliklinikasi, Agrotadbirkorlik kolleji hududi, Viloyat silga qarshi kurash dispanseri, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi hududi, shuningdek, Namangan tumanining Qurama, Eshobod, Qo‘rg‘oncha, Qorasuv, Ne’matjon, G‘alcha, Qo‘qonqishloq, Xonobod, Irvodon 1-2-3 mahallarida, Uychi tumanining Jiydakapa, Mashad, O‘nhayat, Objuvoz qishloqlarida ichimlik suvi ta’minotida cheklovlar bo‘lishi ma’lum qilinadi.

Kanalimiz obunachilaridan ehtiyojlari uchun suv zaxirasini yaratib turishlarini so‘raymiz.