YTH oqibatida 2 velosipedchi halok bo‘ldi

292

Shu yil 10 noyabr kuni soat 20:00 larda Norin-Uchqo‘rg‘on yo‘lining 14 km.da Damas rusumli avtomashinasini tegishli hujjatlarsiz boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, shu yo‘nalishda o‘zidan oldinda harakatlanib ketayotgan 2 nafar velosipedchini urib yuborgan.

Natijada jabrlanuvchilardan biri voqea joyida ikkinchisi shifoxonada vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.