Angliya terma jamoasiga qarshi maydonga tushgan futbolchida koronavirus aniqlandi

342

Chempionshipning «Preston» va Irlandiya terma jamoasi futbolchisi Alan Braunning koronavirus uchun topshirgan test natijasi ijobiy chiqdi, deya xabar bermoqda ESPN UK.

Qayd etish kerakki, yarim himoyachi Angliya (0:3) terma jamoasiga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida 90 daqiqa harakat qilgan.

Ushbu bahsda ishtirok etgan boshqa futbolchilarning holati bo‘yicha hozircha hech qanday ma’lumot yo‘q.