Viloyat hokimining audioyozuvi yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi

254

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati hokimining tarqalgan audioyozuvi yuzasidan Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi.

Mazkur audioyozuv Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonovga tegishli ekanligi, ammo ushbu audioyozuv bundan ikki yil muqaddam yozib olinganligi ma’lum bo‘lgan.

Bundan tashqari audioyozuvda viloyat hokimining bildirgan fikrida barcha OAV vakillariga emas, aksincha ayrim noxolis OAV xodimlariga nisbatan aytilganligini bilish mumkin.

Ammo, bayonotda Marhamat tumanida uch nafar ayolni 15 sutkaga “tiqib qo‘ygani” haqidagi qismiga munosabat bildirilmagan.