FARG’ONA TUMANIDA OZIQ OVQAT ZAXIRASI YARATILYAPTI

705

Prezidentimiz tomonidan hudud aholisining keyingi yil maygacha go‘sht, tuxum, un, yog‘, shakar, guruch, kartoshka, sabzi va piyozga bo‘lgan ehtiyoji, bu mahsulotlarni qachon, qayerdan olish bo‘yicha aniq hisob-kitob bo‘lishi kerakligi, har bir hududda oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha alohida jamg‘armalar tashkil etilishi bo‘yicha topshiriq berildi.
Ushbu topshiriq yuzasidan Farg‘ona tumanida jami 4 ming 580 tonna mahsulot, jumladan 2 ming 70 tonna kartoshka, 1 ming 451 tonna piyoz, 849 tonna sabzi, 211 tonna guruch jamg‘arish belgilab olingan.
Ushbu jamg‘ariladigan mahsulotlarni saqlash uchun 16 ta 13 500 tonna mahsulotlarni saqlash quvvatiga ega zamonaviy muzlatkichli hamda 4 ta 4600 tonna mahsulotlarni saqlash omborxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Bugun Farg‘ona tumani hokimi, 1-sektor rahbari Sh.Mo‘minov tashabbusi bilan “Vodil” dehqon bozoriga 30 tonna sifatli kartoshka olib kelinib, bozor omborxonasiga joylashtirildi.