“Muammo istasang, ittifoqimizga qo‘shil!” nomli surat.

371

Bevosita aloqasi bo‘lmasa ham so‘nggi voqealar ketma-ketligi tufayli shunday ramziy ma’no olgan surat 9 oktyabr kuni Yerevanda bo‘lib o‘tgan Yevroosiyo Ittifoqi hukumat rahbarlari yig‘ilishidan olingan. Yig‘ilishda bosh vazirlari ishtirok etayotgan ittifoq a’zolaridan:

– Belarusda prezidentlik saylovi falsifikatsiyalari tufayli ko‘tarilgan xalq o‘zi saylagan prezident hokimiyatga kelguncha to‘xtamoqchi emas;

– Armaniston yon qo‘shnisi bilan yangi tarixdagi eng yirik urushiga kirishgan;

– Rossiyada federal hukumatning chegara bilmasligidan bezgan xabarovskliklar 3 oydan buyon to‘xtamay ko‘chaga chiqadi, eng taniqli muxolifatchi esa kimyoviy qurol bilan zaharlandi;

– Qirg‘izistonda ayni paytda legitim bosh vazir yo‘qligi tufayli ishtirok etmayapti;

– faqat Qozog‘istonda hozirgi vaqtda bu darajadagi muammo kuzatilmayapti.