Unda 1000 dan ortiq yosh ishtirok etdi.
Mazkur forum doirasida sport festivali, yosh oila quruvchilar bilan muloqot, yosh ijodkorlarning yangi chop etilgan kitoblari taqdimoti, yosh tadbirkorlar uchun amaliy oʼquv-seminar, tijorat banklarida “Ochiq eshiklar kuni”, boʼsh ish oʼrinlari mehnat yarmarkasi va yakunida gala-kontsert boʼlib oʼtdi.
Tadbir davomida tuman hokimi va sektor rahbarlari tomonidan oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan iqtidorli va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlardan 13 nafariga jami 70 mln 200 ming soʼm miqdorida toʼlov-kontrakt pullari toʼlab berildi.
Tadbirkorligini boshlash niyatida boʼlgan yoshlarga imtiyozli kredit olishlari uchun sertifikatlar hamda turli sohalarda yuqori natijalarga erishgan yoshlarga qimmatbaho sovgʼalar topshirildi.