Avtobusda o‘g‘irlik sodir etgan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

457

14 fevral kuni, Namangan shahrida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan ayol IIBga ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 15:00 larda, Namangan shaharda harakatlanuvchi avtobusda ketayotgan vaqtida noma’lum shaxs, sumkasida bo‘lgan 225 ming so‘m va 100 dollarni pullarini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Namangan shahar IIO FMB 1-sonli IIB JQB tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahrida yashovchi, 2001 yilda tug‘ilgan ayol sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar Davlatobod tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.