Namangan shahriga yangi hokim tayinlandi

339

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rildi.

G‘ofir Jamalov Namangan shahar hokimi etib tayinlandi. G‘ofir Jamalov shu paytga qadar Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari – uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlayotgan edi. G‘ofir Jamalov 1974 yilda Namangan shahrida tug‘ilgan. 1997 yilda Namangan sanoat-texnologiya institutini, 2006 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. 1997-2009 yillar davomida Namangan shahar va Namangan viloyati hokimliklarida turli mas’ul lavozimlarda mehnat qilgan. 2009-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Demografiya va mehnat bozori bo‘limi bosh mutaxassisi, bo‘lim boshlig‘i, O‘zbekiston Respublikasi uy-joy, kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri o‘rinbosari bo‘lib ishlagan