Popda limonchilikka ixtisoslashgan issiqxonalar tashkil etiladi

328

Davlat rahbarining shu yil 18–19 fevral kunlari viloyatga tashrifi davomida Namangan viloyatida limonchilikka ixtisoslashgan issiqxonalar tashkil etilishi aytilgan edi. Jumladan, Pop tumanida 2021 yil 228 gektar yerda 0,20 sotix va undan ortiq maydonda issiqxonalar tashkil etish belgilangan. Shuningdek, davlat rahbari topshirig‘iga asosan tumandagi 19 400 nafar xonodonda 1 sotixli limonariya tashkil etiladi.