MIB Qoʼqon shahar boʼlimi ish yurituvida fuqarolik ishlari boʼyicha Qoʼqon tumanlararo sudining tegishli buyrugʼiga asosan qarzdor I.B.dan I.N. foydasiga uch nafar voyaga yetmagan farzandi moddiy taʼminoti uchun ish haqi va boshqa daromadlarining 1/2 qismi miqdorida aliment undirish haqidagi ijro hujjati mavjud edi.
N.I.ga farzandlari voyaga yetgunga qadar boʼlgan davr uchun hisoblangan 110 mln soʼm aliment pulini toʼlash haqida taklif bildirilgan.
Unga koʼra, qarzdor B.I. Qoʼqon shahrida joylashgan 2 xonali kvartirasini sobiq turmush oʼrtogʼi N.I.ga oldi-sotdi shartnomasiga asosan aliment puli hisobidan oʼtkazib berishini maʼlum qilgan.
Natijada, xonadon 110 mln soʼmga baholanib, N.I.ning nomiga oʼtkazilishi boʼyicha notarial idorada tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.