Ijtimoiy tarmoqlarda Farg`ona viloyatining Toshloq tumanidagi maktabda o`qituvchi o`quvchining qarindoshlari tomonidan kaltaklangani aytilgan video tarqaldi.
Viloyat Maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi axborot xizmati rahbari Odiljon Jalolov voqea Toshloq tumanidagi 25-maktabda sodir bo`lganini tasdiqlagan.
Janjalda jismoniy tarbiya fani o`qituvchisining qoshi yorilgan. Voqea haqida IIB xodimlariga ham xabar berilgan. Ayni paytda o`qituvchi shifoxonada.
O`qituvchi 9-sinf o`quvchisini urishgani sabab uning qarindoshlari maktabga kelib, janjal qilgan.