Soha xodimlari taqdirlandi

53

“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi Farg‘ona viloyat bo‘limi tomonidan viloyatimizdagi ustoz sanʼatkorlar hamda bir qator madaniyat xodimlari bayram munosabati bilan taqdirlandilar. Ustoz sanʼatkor Abdulhay Karimov, Abdujalil Qo‘qonov, Farg‘ona bulbuli deya nom olgan Otabek Mahammadzohid hamda bir qator sanʼatkorlar va raqs ansambllariga bayram sovg‘alari topshirildi. Eʼtibor va eʼtirofdan xursand bo‘lgan soha xodimlari kelgusida yanada faollik bilan xalq xizmatida bo‘lishlarini taʼkidlarilar. Bayram barchaga katta quvonch ulashdi.