E’tibor va e’tirofimizdasiz

70

Fargʻona shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari Farg‘ona viloyat “Ijtimoiy qo’llab-quvvatlash markazi”da bo’ldilar

Insonlarga quvonch ulashish, o‘zgalar holidan xabar olish, keksalar va bemorlarni ziyorat qilish xalqimizning azaliy qadriyatlaridan sanaladi. Bugungi kunda yurtimizda aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari, boquvchisini yo‘qotgan, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan, yolg‘iz yashovchi hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarga qulayliklar yaratish maqsadida “Ijtimoiy qo’llab-quvvatlash markazi” faoliyat olib bormoqda.

Markazda yashovchi nuroniylar, nafaqadagi keksalarga quvonch hamda bayramona shukuh ulashish, duo olish maqsadida maktabimiz o‘quvchilari tomonidan kichik sovg‘alar ulashildi.