Xayrullo Bozorov Qo‘qondagi marafonda ishtirok etdi

666

Shu yilning 11 noyabr kuni “Save Aral” xalqaro ekomarafoni sport musobaqasining Farg‘ona viloyati hududiy bosqichi bo‘lib o‘tganligi haqida xabar bergan edik.

Mazkur marafon Qo‘qon shahrida ham bo‘lib o‘tdi.

Shaharning Turon ko‘chasidagi O‘rda maydonida mazkur xalqaro ekomarofonga tantanali ravishda start berildi.

Unda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov hamda viloyat sektor rahbarlari ham ishtirokchilar safidan o‘rin oldi.

2500 nafar ko‘ngilli sportchi ishtirok etgan “Save Aral” xalqaro ekomarafoni yakunida o‘g‘il va qiz bolalar, ayollar va erkaklar jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlanib, ular alohida e’tirof etildi.