24 million so‘m aliment o‘rniga qarzdor uyining yarmini o‘lchab berdi

394

Sud buyrug‘iga ko‘ra, Farg‘ona tumanida yashovchi qarzdor I.O.dan Farg‘ona shahrida istiqomat qilib kelgan N.R. foydasiga 2 nafar farzandi moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan.

Biroq, qariyb 3 yil davomida qarzdor aliment pulini to‘lamasdan kelgan hamda uning holati o‘rganilganida mavsumiy ishlar bilan shug‘ullanishi va ehtiyojidan ortiqcha mulklari mavjud emasligi aniqlangan.

Byuroning Farg‘ona tuman bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan undiruvchi N.R. bilan birgalikda qarzdorning manzilida o‘tkazilgan ijro harakatlari jarayonida qarzdor I.O. 24 million so‘m aliment o‘rniga yer uchastkasining teng yarmini o‘lchab bergan.