Yoshlar markazining ochilish marosimida so’zga chiqqan Yoshlar ishlari agentligi Farg’ona viloyati boshqarmasi boshlig’i M.G’aniyev davlatimiz rahbarining yoshlarga alohida mehr-e’tibori tufayli mamlakatimiz yoshlari har tomonlama sog’lom va baxtli voyaga etayotgani, yangi O’zbekiston yoshlariga dunyodagi tengdoshlari ham havas qilayotganini ta’kidladi.
Markaz yoshlarning tashabbus va g’oyalarini birlashtirish, yangi loyihalar tayyorlash, yigit-qizlarni tadbirkorlikka o’rgatish, o’zaro muhokamalar maydoni yaratish, turli sohalarda mahorat darslarini o’tish uchun sevimli maskanga aylanishiga ishonch bildirilmoqda.