Viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʼjalik masalalari boʼyicha oʼrinbosari Dilshodjon Hojiahmedov, Fargʼona shahar hokimi Mirzohid Ubaydullaev va Fargʼona shahar prokurori Dilmurod Qobulovlar ishtirokida Fargʼona shahrida koʼp qavatli turar joylar orasida qurilishlarni toʼxtatish masalasi bilan bogʼliq brifing oʼtkazildi.
Unda bosma va elektron OАV vakillari, telekanal muxbirlari ishtirok etdi.
Brifingda Fargʼona shahridagi koʼp qavatli turar joylar oʼrtasida endilikda yangi koʼp qavatli uylar qurish uchun ruxsat berilmasligi, poydevor uchun qazilgan kotlovanlar toʼxtatilishi, buzib tashlangan bolalar hamda sport maydonchalarini qayta tiklash, kesilgan har bir daraxt oʼrniga manzarali daraxtlar ekish talabi qoʼyilishi taʼkidlandi.
Tadbirkorlarga esa uy qurish uchun boshqa hududlardan yer maydonlari ajratib berilishi maʼlum qilindi.