Farg‘onada 16 qavatli bino qurilishi davom etmoqda

297

Turar joy binolari Turkiya texnologiyasi asosida quyma temirbeton va gazobetondan barpo etilgan. Bu ularning xavfsiz hamda zilzilaga chidamliligini ta’minlaydi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov qurilish jarayonlari bilan tanishish maqsadida mazkur hududda bo‘ldi.

16 qavatli binodagi xonadonlar 2 va 3 xonali bo‘lib, kommunikatsiya tarmoqlari, oshxona, yuvinish xonasi va boshqa shart-sharoitlar uy egalari uchun qulayliklar yaratadi.

Ma’lum bo‘lishicha, hozirda uyning 1 kv metri 4,2 mln so‘mga to‘g‘ri kelmoqda. Viloyat rahbari xonadonning 1 kv metrini 3,6 mln so‘mga tushirish, turk arxitektorlarini jalb etgan holda 6 gektar yer maydonida tashkil etiladigan massivning bosh loyihasini qayta ishlab chiqish, 20 ta xususiy pudrat tashkiloti tomonidan shu kabi uylar qurilishini teng boshlash va kelgusi yil foydalanishga topshirishni ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar bergan.