Jorjiya shtatida 98% ovozlar hisoblab chiqilgan bir paytda Demokratlar partiyasidan nomzod Jo Bayden amaldagi prezident Donald Trampdan o‘tib ketdi va ayni paytda o‘zi oldinda bo‘lgan barcha shtatlarni (jumladan Arizona va Nevada) qo‘shib hisoblaganda 286 ta katta saylovchining ovozini olishi ehtimoli yuqori.
Shuningdek, AQShda bugungi juma kunining oxirigacha Pensilvaniya shtatida ham Jo Bayden yetakchilikka o‘tishi kutilmoqda. Ushbu shtatning 20 ta ovozi qo‘shilib, Baydenning umumiy ovozlari soni 306 taga yetadi – Tramp esa Alyaska va Shimoliy Karolinada g‘alaba qozonib, jami 232 ta ovoz olishi kutilmoqda.
Trampning chaqiriqlariga qaramay saylovlarga mas’ullar har bir ovozni sanab bo‘lmasdan natijani e’lon qilishga shoshilmayapti. Albatta, Tramp jamoasi allaqachon Bayden kichik uchtunlik bilan g‘alaba qozongan va qozonayotgan shtatlarda ovoz sanash jarayonini sudga berish va qayta sanatishga urinishlarni boshlab yuborgan.
Biroq bu masalada amaldagi prezident muvaffaqiyatga erishish imkoniyati yuqori baholanmayapti. Zero, bu Amerika – hamma narsa kim bo‘lishidan qat’i nazar bir shaxsning emas, shakllangan institutlar ixtiyorida bo‘lgan mamlakat.