Farg‘onaning «Neftchi» klubi logotipini yangiladi

250

Ta’kidlanishicha, muxlislar, jurnalistlar va jamoatchilikning fikrlarini inobatga olib, «Neftchi» PFK logotipiga o‘zgartirish kiritish kerak degan xulosaga kelingan.

Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, yig‘ilishda qabul qilingan qarorga ko‘ra, klubning yangi logotipi tanlab olingan va u bir ovozdan ma’qullangan.

Shuningdek, xabarda bundan buyon «Neftchi» futbol klubi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha tadbir va xabarlarda ushbu yangi logotipdan foydalanilishi bildirilgan.