Yangi o’quv yili yangi maktabda boshlandi

682

Farg’ona tumanidagi Tosh tepa mahallasida 120 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan 60-sonli o’rta ta’lin maktabi binosi qayta ta’mirlanib foydalanishga topshirildi. Keyingi yillarda hududimizda qurilgan hovli-joylar, yangi ko‘chalar namunaviy loyihadagi turarjoylarga tutashib ketdi, o’quvchi yoshlar uchun yangi maktab barpo etilishi esa yana bir zamonaviy qulaylik bo‘ldi. Muassasa binosi devorlari shovqin o‘tkazmaydigan va haroratni moʻtadil saqlash xususiyatiga ega maxsus qurilish ashyosidan tiklangan. Kimyo, biologiya, laboratoriyalari hamda fan kabinetlaridan tashqari, zamonaviy informatika honasi  ham mavjud. Kundan kunga har sohada ilgarilab ketayotgan  yangi O‘zbekistonda ta’lim tizimi ham sezilarli darajada o’zgardi. Deyarli har kuni respublikamizning turli viloyatlari, tumanlarida umumiy o’rta ta’lim maktab o’quvchilari yoki maktablarda bo’layotgan o’zgarishlar haqida OAV da o’qiymiz, eshitamiz, ko’ramiz.

O’qituvchi kasbiga berilgan yana bir e’tibor XTV tomonidan tashkil etilgan turli tanlovlar, grantlar, chet elda magistirlik yoki stajirovka uchun yo’llanmalar berilishi ham ta’lim tizimidagi muammolarni hal qilishga  qaratilganidan dalolat. Ustozlar mehnatini rag’batlantirish maqsadida qo’shimcha tarzda ustamalar belgilanishi, fan olimpiadalarida g’olib o’quvchilarning fan o’qituvchilariga mukofotlar berilishi ham ustozlarga bo’lgan e’tiborning yuksak darajasi. O’zbekiston Respublikasi prezidenti SH.Mirziyoyev saylovoldi uchrashuvlarida har bir viloyatga tashrif buyurar ekan aynan o’sha hudud muammolarini alohida saylovoldi dasturida ko’rsatib o’tmoqda.

Xususan bugun Farg’ona viloyatiga tashrif chog’ida qator tumanlardagi o’zgarishlar bilan tanishib, aholi turmush shroiti bilan yaqindan tanishdi. Yoshlar bilan uchrashuvda har bir tuman muammosiga alohida to’xtalib o’tdi va berilgan takliflar yuzasidan fikr bildirdi.  Ayniqsa ta’lim tizimini bir necha bor ta’kidlab yana bir bor ustozlarga bo’lgan munosabati va e’tirofini ko’rsatdi. Farg’ona viloyatining chegara hududlaridan bo’lgan Farg’ona tumanida bir nechta muammolarning yechimi va o’quvchilarga berilgan imkoniyatlar yoshlar quvonchiga quvonch qo’shdi.  Ayniqsa tumanning anklav hududida joylashgan Shohimardon, Yordon hamda Hosilot mfylari o’quvchilari uchun OTMga kirish imtihonlarida alohida kvota berilishi bunga yaqqol misol. Biz yuqorida keltirib o’tgan yechimini topishi rejalashtirgan muammolar faqatgina Farg’ona tumani misolida, bundan tashqari viloyatdagi barcha tuman shaharlar muammolari alohida dasturga kiritilganligi ham xalqning muammolari asta sekinlik bilan yechim topayotganidan darak.

Ushbu bildirilgan fikrlarni o’qigan o’quvchida turli salbiy fikrlar bo’lishi tabiiy.  Sizga aytmoqchi bo’lgan so’ng so’zimiz quyidagicha:

Hikmat izlaganga hikmatdir dunyo, illat izlaganga illatdir dunyo!
Xulosa esa sizdan.

60-sonli o’rta talim maktabi boshlang’ich tashkilot yetakchisi
Islomjon Muhammadjonov