Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Marg‘ilon shahar bo‘limi hamda DXXning Farg‘ona viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.T., “Z” MChJ rahbari Z.A. hamda boshqalar oldindan til biriktirib, chet davlatlardan O‘zbekiston Respublikasiga qaytib kelgan 3 nafar fuqaro va boshqalarning shaxsiga doir ma’lumotlarni qonunga xilof ravishda qo‘lga kiritib, ushbu ma’lumotlardan foydalangan holda uyali aloqa vositalarining IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazishganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 141-2-moddasi (shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.